Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
Bo'lim
Bo'lim haqida
Bo’limning asosiy vazifalari:
- ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
- institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;
- institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;
- ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
- kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
- institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;
- attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;
- ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
- ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
- institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
- institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni o’quv ishlari bo’yicha prorektor bilan kelishgan holda institut rektoriga ma’lum qilish;
- institutning o’quv bo’limi bilan hamkorlikda o’quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
- ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;
- institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
- Davlat inspeksiyasining topshirig’iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;
- talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
- institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
- bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
- institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
- institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish;
- institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib borish;
- o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbiqi masalalari monitoringini yuritish;
- ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.
Bo'lim rahbari
MAXMUDOV AZAMJON MUXTAROVICH
Bo‘lim boshlig‘i
Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?
Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.