Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi
Bo'lim
Bo'lim haqida
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining asosiy vazifalari:
– mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ’ib etish;
– talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo’lga qo’yish;
– milliy urf-odatlar, qadriyatlar targ’iboti bag’ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
– talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko’maklashish;
– institutda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini ta’minlash;
– diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
– yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko’maklashish;
– yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
– yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
– talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko’maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
– Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg’armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
ASHURALIYEV ELBEK NE’MATOVICH
Bo‘lim boshlig‘i
Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?
Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.